o‘z
RU
DE
#ekskursiya
#ekskursiya
Joriy yilning 2-aprel kuni Germaniyadan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
Mutaxassislar tomonidan chet el mehmonlari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonaning nemis va o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, mehmonlarga kutubxona fondida mavjud badiiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy nashrlar, zamonaviy axborot-resurslari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishib, o‘zlarida ijobiy taassurot qoldirdilar.




Источник:
Информационно- библиотечный центр
