Joriy yilning 20-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “18-aprel – Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar kuni” nomli kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.

Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – yosh avlodni milliy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tarixiy obidalar va yodgorliklarning ahamiyatini anglashga chorlashdan iborat.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qadimiy va betakror me’moriy yodgorliklari, tarixiy joylari hamda ularning xalqimiz hayoti va madaniyatidagi o‘rni haqida so‘z yurituvchi adabiyotlar namoyish etildi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarning tarixiy taraqqiyoti, me’morchilik obidalari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

Bunday ko‘rgazmalar tarixiy xotirani tiklash, milliy o‘zlikni anglash hamda madaniy merosga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр