o‘z
RU
DE
Joriy yilning 27-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga 60-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.
Joriy yilning 27-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga 60-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida kutubxona mutaxassislari tomonidan o‘quvchilar uchun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan “Vatan kuychisi — Muhammad Yusuf” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar shoirning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berdilar, uning she’rlaridan na'munalar ifodali oʻqib eshittirildi. Oʻquvchilar jarayonda faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur uchrashuv davomida Muhammad Yusufning Vatanga boʻlgan muhabbat va samimiy tuygʻular bilan yoʻgʻrilgan asarlari, kitoblari hamda saylanmalari tahlil qilinib, yoshlar qalbida adabiyotga boʻlgan qiziqish va hurmat yanada mustahkamlandi.





