“Xalqaro mehnat kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi

 Joriy yilning 1-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Xalqaro mehnat kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

 Ko‘rgazmada mehnat, kasb-hunar, inson qadri va jamiyat taraqqiyotida fidokor mehnatning o‘rni haqida   kitoblar hamda ma’rifiy manbalar namoyish etildi.

 Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, turli kasblarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda halol mehnatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat.

 Ushbu kitob ko‘rgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda kutib qolamiz.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр