“3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi

 Joriy yilning 4-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida mutaxassislar tomonidan “3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh oʻtkazildi.
 
 
 Mazkur ko'rgazmaning asosiy maqsadi — jamiyatda so‘z va fikr erkinligini targ‘ib qilish, aholining axborot madaniyatini yuksaltirish hamda matbuot erkinligiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha xabardorlikni oshirishdan iborat.
 
 Sharh davomida matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rni, axborot xavfsizligi hamda ochiqlik va oshkoralik masalalarini yorituvchi turli adabiyotlar taqdim etildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр