9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi

 Joriy yilning 8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

 Ko‘rgazmada yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlar xotirasiga bag‘ishlangan kitoblar, tarixiy va ma’rifiy adabiyotlar hamda mavzuga oid manbalar namoyish etildi.

 Koʻrgazmaning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.

 Ushbu kitob koʻrgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKMda kutib qolamiz.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр