o‘z
RU
DE
Talabalar bilan uchrashuv
2026-yil 21-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Roman-german filologiyasi” fakulteti talabalari bilan mazmunli, qiziqarli va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi.









Tadbir davomida yoshlar uchun maxsus tayyorlangan turli interaktiv o‘yinlar, mantiqiy va ijodiy mashg‘ulotlar, shuningdek, bilimni mustahkamlovchi viktorina savollari o‘tkazildi.
Uchrashuv jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Samimiy va iliq muhitda o‘tgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning erkin fikrlashi, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishiga xizmat qiladi.
