o‘z
RU
DE
Navbatdagi o‘quv amaliyoti
Joriy yilning 9-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.


Amaliyot davomida talabalar nemis tilidagi o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlarni tanlab, ular asosida booktuber videolari tayyorlash uchun zarur ma’lumotlar bilan tanishdilar hamda kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Talabalar tanlangan kitoblarning mazmun-mohiyatini tahlil qilib, videoloyihalar uchun ijodiy ssenariylar, qiziqarli vizual yechimlar va taqdimot materiallarini ishlab chiqish ustida ish olib bordilar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot yoshlarning kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, adabiy asarlarni zamonaviy media vositalari orqali keng ommaga yetkazish hamda ularning ijodiy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
