Navbatdagi o‘quv amaliyoti

 Joriy yilning 10-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.

 

 Amaliyot davomida talabalar nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun kichik hikoyalar va badiiy asarlarni tanladilar hamda zarur adabiyotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

T alabalar tanlagan asarlarining mazmun-mohiyatini, uslubiy va til xususiyatlarini o‘rganib, ularni tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

 Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy adabiyotlarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр