Navbatdagi o‘quv amaliyot

Joriy yilning 12-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.

 

 Hozirda talabalar amaliyot dasturi doirasida nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun kichik hikoyalar va badiiy asarlar ustida ishlamoqdalar hamda zarur adabiyotlardan foydalanmoqdalar.

 Talabalar tanlagan asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlarni amaliy jihatdan o‘zlashtirmoqdalar. Shuningdek, berilgan topshiriqlar asosida tarjima ishlarini olib bormoqdalar.

 Mazkur o‘quv amaliyoti talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy adabiyotlarni chuqurroq o‘rganish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр