o‘z
RU
DE
o‘quv amaliyoti
Joriy yilning 16-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga tashrif buyurdilar.




Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar.
Talabalar tanlagan asarlarining mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari tanlagan asarlarni nemis tiliga tarjima qilish ustida faol ish olib borish bilan birga, tarjima tajribalari va ijodiy yondashuvlari bo‘yicha ham fikr almashdilar.
