o‘z
RU
DE
#Yoshlar_kuni
Joriy yilning 18-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan media savodxonlik, axborot madaniyati va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bagʻishlangan “Axborot xavfsizligi va media savodxonlik” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.






Tadbir doirasida ishtirokchilarga zamonaviy axborot makonida uchraydigan xavf va tahdidlar, soxta xabarlarni aniqlash usullari, axborotni tanqidiy tahlil qilish hamda internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida maʼlumotlar berildi.
Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslarida qatnashchilar media savodxonlikni oshirish, axborotlarni saralash va baholash, shuningdek, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
Media savodxonlik va axborot madaniyati – zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir. Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash va mas’uliyatli axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
