She’rga aylangan umr

 Joriy yilning 22-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida rus adabiyotining atoqli shoiri Anna Axmatova tavalludiga bagʻishlab “She’rga aylangan umr” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.

Koʻrgazmada shoiraning hayoti va ijodiga oid asarlar, uning jahon she’riyati xazinasidan munosib oʻrin olgan mashhur she’riy toʻplamlari hamda adabiy merosini yorituvchi manbalar keng namoyish etildi.

 Bibliografik sharh davomida kitobxonlarga Anna Axmatovaning ijodiy faoliyati, she’rlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyatlari va adabiyot rivojidagi oʻrni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Kitob ko'rgazma kitobxonlarda jahon adabiyotiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini targʻib qilish hamda buyuk ijodkorlar merosiga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр