o‘z
RU
DE
Metodik va amaliy yordam
Joriy yilning 23-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 148-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi “Nihol” oromgohiga tashrif buyurib, metodik va amaliy yordam koʻrsatdilar.



Tashrif davomida oromgohda kitobxonlikni targʻib etish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻyicha fikr almashildi.
Mazkur tashrif yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish hamda axborot-kutubxona xizmatlarini keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
