o‘z
RU
DE
“Har bir sahifa — yangi sarguzasht” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
Joriy yilning 23-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 148-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi “Nihol” oromgohida “Har bir sahifa — yangi sarguzasht” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.




Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxonaning faoliyati, uning imkoniyatlari hamda kitob mutolaasining ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etilib, unda kutubxona xizmatlari, mavjud adabiyotlar fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar yoritildi.
Mazkur tadbir yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularni axborot-resurslardan samarali foydalanishga yoʻnaltirishga xizmat qildi.
