“Mahmudxo‘ja Behbudiy — milliy uyg‘onish yo‘lboshchisi” nomli kitob ko‘rgazmasi

 Joriy yilning 26-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan milliy ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Mahmudxo‘ja Behbudiy — milliy uyg‘onish yo‘lboshchisi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

 Ko‘rgazmada Behbudiyning hayoti, ijodi, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda jadidchilik harakatiga oid qimmatli kitoblar va manbalar o‘rin oldi.

 Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodga jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini yetkazish, Mahmudxo‘ja Behbudiyning xalq ma’rifati, milliy taraqqiyot va ilm-fan rivoji yo‘lidagi xizmatlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

 Ko‘rgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishga taklif etamiz.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр