Yozning eng yaxshi kitoblari

 Joriy yilning 7-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yozning eng yaxshi kitoblari” nomli kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh oʻtkazildi.

Koʻrgazmada bolalar va o‘smirlar uchun tavsiya etilgan yozning eng yaxshi badiiy, sarguzasht, fantastika, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Bibliografik sharh davomida mutaxassislar kitoblarning mazmun-mohiyati, mualliflari va yosh kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

 Ko'rgazmaning asosiy maqsadi bolalar va o‘smirlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр