Ma'rifat sari ezgu qadamlar

 Joriy yilning 9-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Ma'rifat sari ezgu qadamlar" shiori ostida volontyorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida nafaqadagi ma'rifatli, hayot tajribasi va donishmandligi bilan jamiyatimizga o'rnak bo'lib kelayotgan nuroniylar holidan xabar olishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida nuroniylar bilan samimiy suhbatlar oʻtkazilib, ularning duolari va ezgu tilaklari tinglandi. Shuningdek, ma'naviy hordiq chiqarishlari hamda mutolaa madaniyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida zarur badiiy va maʼrifiy adabiyotlar yetkazib berildi.

 Uchrashuvda keksalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik ko'rsatish, ularning boy hayotiy tajribasidan bahramand bo'lish hamda yoshlar o'rtasida mehr-oqibat, insonparvarlik alohida ta'kidlandi.

Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat va e'tibor ko'rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biridir. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tashabbuslar avlodlar o'rtasidagi mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр