“Jadidlar — millatga nur sochganlar”

 Joriy yilning 20-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Jadidlar — millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

 Ko‘rgazma jadid ma’rifatparvarlarining boy ilmiy va ma’naviy merosi, ularning millat ravnaqi, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida amalga oshirgan ulkan xizmatlarini yoritishga bag‘ishlandi.

 Ko'rgazma davomida jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda jadidlarning bugungi avlod uchun qoldirgan ibratli g‘oya va qarashlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр