Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk xalq ma’rifatchisi

 Joriy yilning 27-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk xalq ma’rifatchisi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi hamda uning bibliografik sharhi o‘tkazildi.

 Tadbir davomida jadidchilik harakatining yorqin namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Ko‘rgazmada allomaning ta’lim-tarbiya, matbuot va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini yorituvchi kitob va manbalar namoyish etildi. Shuningdek, uning asarlarida ilgari surilgan ilm-ma’rifat, vatanparvarlik va mustaqil fikrlash g‘oyalari yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilindi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр