“Sport — sog‘liq garovi” nomli kitob ko‘rgazmasi

 Joriy yilning 30-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Sport — sog‘liq garovi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

 Ko‘rgazmada sport, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik hamda inson salomatligini mustahkamlashga oid adabiyotlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.

 Ko‘rgazma davomida sportning inson hayotidagi ahamiyati, muntazam jismoniy mashg‘ulotlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni hamda yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga undovchi tavsiyalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр