"Xalqlar doʻstligi"

 Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi rivojiga koʻp yillar davomida fidokorona mehnati bilan munosib hissa qoʻshgan, yaqinda faxriy nafaqaga kuzatilgan Jestovskix Galina Anatolyevna "Xalqlar doʻstligi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur koʻkrak nishoni "Xalqaro doʻstlik kuni" munosabati bilan taʼsis etilgan boʻlib, millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, jamiyatda doʻstlik gʻoyalarini keng targʻib etish yoʻlida munosib hissa qoʻshgan fuqarolarga beriladi.

 Jestovskix Galina Anatolevna oʻzining koʻp yillik samarali faoliyati davomida kutubxona sohasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodning maʼnaviy-maʼrifiy kamolotiga hissa qoʻshish hamda jamoada oʻzaro hurmat, hamjihatlik va insonparvarlik muhitini qaror toptirish yoʻlida sidqidildan mehnat qildi. Taqdirlash marosimida Mirzo Ulugʻbek tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari T. S. Alimxodjayeva va V. V. Tulupova ham ishtirok etdilar.

Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi Jestovskix Galina Anatolevnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр