o‘z
RU
DE
Xalqlar doʻstligi kuni
Xalqlar doʻstligi kuni – birlik va hamjihatlik bayrami!
Yangi Oʻzbekiston bogʻida "Xalqlar doʻstligi kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbirida Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.




Tadbir avvalida "Yangi Oʻzbekiston" bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gullar qoʻydilar.
Bayram davomida Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari oʻzlarining milliy liboslari, boy madaniyati, urf-odat va anʼanalarini namoyish etib, yurtimizdagi millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini yana bir bor namoyon etdilar.
Tadbir tinchlik, doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat gʻoyalari ostida yuqori saviyada oʻtkazildi. Barcha ishtirokchilar bir maydonda jam boʻlib, Oʻzbekistonning eng katta boyliklaridan biri boʻlgan millatlararo ahillik va birdamlikni ulugʻladilar.
Doʻstlik va birlik — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!
