#Yoshlar_kuni #59_buyruq_ijrosi

 Joriy yilning 13-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida "Madaniyatlararo muloqat va intelektual salohiyat kuni" munosabati bilan “So‘zdan qalbga: Navoiy va Rumiy merosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 Suhbat davomida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, ularning inson qalbi, ezgulik, ilm-ma’rifat va komillikka chorlovchi hikmatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi Navoiy va Rumiy ijodiga oid adabiyotlar hamda axborot-resurslari ishtirokchilarga tanishtirildi.

 Tadbir davomida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mumtoz adabiyotimiz durdonalarini mutolaa qilish va buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosidan bahramand bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр