o‘z
RU
DE
Kitob ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh
Joriy yilning 13-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida "Madaniyatlararo muloqat va intelektual salohiyat kuni" munosabati bilan “So‘zdan qalbga: Navoiy va Rumiy merosi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh o‘tkazildi.


Tadbir davomida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning hayoti, ijodi va boy ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Ularning asarlarida ilgari surilgan ezgulik, insonparvarlik, ilm-ma’rifat va komillikka intilish g‘oyalari haqida fikr yuritildi.
Kitob ko‘rgazmasida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodiga oid badiiy, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Bibliografik sharh davomida ushbu asarlarning mazmun-mohiyati, adabiy va ma’naviy ahamiyati haqida ma’lumot berilib, kitobxonlarga mumtoz adabiyotimizning nodir namunalarini mutolaa qilish tavsiya etildi.
