“Ayol qadrlangan jamiyat — taraqqiy etgan jamiyat”

Joriy yilning 19-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” mavzusida “Ayol qadrlangan jamiyat — taraqqiy etgan jamiyat” nomli navbatdagi kitob koʻrgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi.

 Koʻrgazmada xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tengligi hamda ayollarning jamiyat hayotidagi faol oʻrnini yorituvchi adabiyotlar namoyish etildi.

 Ushbu adabiyotlar ayollar huquqlariga hurmatni kuchaytirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi muhim oʻrnini anglashga xizmat qiladi.

 Barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр