o‘z
RU
DE
“Yoshlar siyosati — yoshlar tashabbusi va faol ishtiroki garovi”
Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan “Yoshlar siyosati — yoshlar tashabbusi va faol ishtiroki garovi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish, boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy bilim va innovatsion fikrlashni kengaytirishga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Kitob ko‘rgazmasidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni ilm-ma’rifatga, mutolaaga va doimiy izlanishga undash, ularning intellektual salohiyati hamda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
