a “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola”

Joriy yilning 24-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida “Ona kitob o‘qisa, bola ham kitob o‘qiydi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi va ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblarga bibliografik sharh berildi.

 Bibliografik sharh jarayonida ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblarning mazmun-mohiyati, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishdagi o‘rni hamda farzandlarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

 Oilada kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish, farzandlarda kitobxonlik odatini shakllantirish va ota-onalarni mutolaa jarayoniga faol jalb etish kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishning muhim omillaridan biridir. Shu bois oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazma va bibliografik sharhlar muntazam tashkil etilmoqda.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр