o‘z
RU
DE
“Jadidlar — millatga nur sochganlar”
Joriy yilning 24-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan navbatdagi “Jadidlar — millatga nur sochganlar” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi va ko‘rgazmadan o‘rin olgan adabiyotlarga bibliografik sharh berildi.


Ko‘rgazmadan jadid namoyandalarining hayoti va faoliyati, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy uyg‘onish harakati hamda ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissini aks ettiruvchi adabiyotlar o‘rin oldi.
Bibliografik sharh davomida ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblarning mazmuni, ularda yoritilgan tarixiy voqealar va jadidlarning ma’rifat yo‘lidagi faoliyati haqida kitobxonlarga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mazkur adabiyotlarning yosh avlodni vatanparvarlik, ilmga intilish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati ta’kidlandi.
