“Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk xalq ma’rifatchisi”

 Bugun, 25-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk xalq ma’rifatchisi” nomli navbatdagi kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va adabiyotlarga bibliografik sharh qilindi.

 Ko‘rgazma davomida Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyatiga oid adabiyotlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.

 Shuningdek, namoyish etilgan kitoblar asosida allomaning jadidchilik harakatidagi o‘rni, ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va milliy taraqqiyot yo‘lidagi qarashlari haqida ma’lumotlar berildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр