o‘z
RU
DE
“Tarixdan kelajakka — Mustaqil O‘zbekiston”
Joriy yilning 27-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Tarixdan kelajakka — Mustaqil O‘zbekiston” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi va adabiyotlarga bibliografik sharh qilindi.

Ko‘rgazmada xalqimizning boy va qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy-ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz hamda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni yorituvchi adabiyotlar keng namoyish etildi.
Ko‘rgazma orqali yosh kitobxonlarga tariximizni chuqur o‘rganish, ajdodlar merosidan faxrlanish, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish hamda mustaqil O‘zbekistonning yorqin kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etish g‘oyalari targ‘ib qilindi.
Shuningdek, yosh foydalanuvchilar ko‘rgazmada taqdim etilgan adabiyotlar bilan tanishtirilib, tarix va bugun o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
