“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida”

 Joriy yilning 27-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi va adabiyotlarga bibliografik sharh qilindi.

 Ko‘rgazmada mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtiroki hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni haqida hikoya qiluvchi adabiyotlar namoyish etildi.

 Ko‘rgazma orqali yosh kitobxonlarda Vatanga muhabbat, yurtimiz mustaqilligini qadrlash, kelajak oldidagi mas’uliyatni his etish va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр