Davra suhbati

 Joriy yilning 9-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk rus adibi Lev Tolstoy ijodiga bag‘ishlangan “Tolstoy siymosi va abadiyat” mavzusida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir davomida yozuvchining hayoti va ijodiy merosi, uning jahon adabiyotidagi o‘rni, insonparvarlik, ezgulik, vijdon va ma’naviy kamolot kabi g‘oyalari haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, Tolstoy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati va yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi o‘rni haqida mulohazalar yuritildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр