o‘z
RU
DE
Metodik yordam
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Shahrisabz” MFYda tashkil qilingan mahalla kutubxonasiga tashrif buyurib, metodik va amaliy yordam ko‘rsatdilar.


Tashrif davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob fondidan samarali foydalanish, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish hamda aholining mutolaa faolligini yuksaltirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Shuningdek, mahallada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda mahalla aholisi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
