o‘z
RU
DE
"1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 64-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 2-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 64-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.




Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi fidokorona mehnati haqida so‘z yuritildi. O‘qituvchilik kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtirom, ularning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan she’rlar ifodali tarzda o‘qib eshittirildi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan raqslar ijro etildi.
Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ustozlarga bo‘lgan samimiy tilaklarini izhor etdilar hamda tadbirda faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida ustoz va o'quvchilarga AKM tomonidan tayyorlangan kichik esdalik sovg'alar topshirildi.
