o‘z
RU
DE
“Darxon” MFYda tashkil etilgan mahalla kutubxonasiga tashrif
Joriy yilning 5-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Darxon” MFYda tashkil etilgan mahalla kutubxonasiga tashrif buyurdilar.


Tashrif jarayonida mahalla kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini tartibli va samarali yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish hamda mahallada turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mahalla kutubxonasi bilan kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish, kitobxonlar uchun yangi loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
