o‘z
RU
DE
Jadidlar — millatga nur sochganlar
Joriy yilning 13-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Jadidlar — millatga nur sochganlar” mavzusidagi kitob ko‘rgazmasining navbatdagi taqdimoti tashkil etildi. Kitob ko‘rgazmaga joylashtirilgan adabiyotlar yuzasidan kitobxonlarga bibliografik sharh berildi.

Ko‘rgazmadan jadidlarning hayoti va ijodi, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy uyg‘onish harakatidagi o‘rni, shuningdek, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi kitoblar o‘rin oldi.
Bibliografik sharh jarayonida kitobxonlarga taqdim etilgan adabiyotlarning mazmuni, ularda yoritilgan tarixiy voqealar hamda jadidlarning xalqni ma’rifatli qilish va milliy taraqqiyotni yuksaltirish yo‘lidagi faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
