#Kitob_korgazmasi

 Joriy yilning 14-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.

Kitobxonlarga turli mavzulardagi yangi nashrlar, jumladan, badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar taqdim qilindi. Mutaxassislar kitoblarning oʻziga xos jihatlari, mazmun-mohiyati va kitobxonlarga beradigan bilimlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berdilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр