o‘z
RU
DE
Targ'ibot
Joriy yilning 20-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni mutolaaga jalb etish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarga axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, atoqli yozuvchi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adibning hayoti va ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berilib, uning asarlari talabalarga tanishtirildi. Yozuvchining boy adabiy merosi, asarlarida aks etgan tarixiy voqealar, insoniy qadriyatlar va hayotiy haqiqatlar haqida so‘z yuritildi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlarning kutubxona faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy adabiyot mutolaasiga keng jalb etish hamda milliy adabiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kitobga oshno qalb — ma’naviyatga oshno qalb!