TIL bayrami

 Joriy yilning 21-oktyabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 64-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan o‘zbek tilining tarixi, uning boyligi va betakror jozibasi, ona tilimizni asrab-avaylash hamda uning nufuzini oshirishga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi, milliy raqslar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha ruh bag‘ishlandi.

 Shuningdek, tadbir doirasida “Ona tilim — millat ko‘zgusi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan o‘zbek tilining tarixi, rivojlanishi, boy lug‘at xazinasi, adabiy merosimiz va tilshunoslikka oid kitoblar o‘rin oldi va ularga bibliografik sharh berildi.

 Mazkur tadbir o‘quvchilarning ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр