Mustaqil O’zbekiston – 23 yoshda

 

“Sen aziz, sen muqaddassan, mening Vatanim-mustaqil O’zbekiston ”

deb nomlangan

Mustaqillik yilnomasi

 

Mustaqillik yilnomasi

 

         1991 yil

 

31 avgust. Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1 sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aososlari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

18 noyabr. Oliy Kengashning VIII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.

29 dekabr. Respublikaning davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha Referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Xalq bir yo‘lni tanladi: O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi. Uning Prezidenti etib Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi.

 

1992 yil

3 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "1992 yilda O‘zbekiston Respublikasining iste’mol bozorini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi.

8 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlarini qayta tashkil etish to‘g‘risida"gi va "O‘zbekiston Respublikasida davlat yoshlar siyosati asoslari to‘g‘risida"gi Qonunlari e’lon qilindi.

27 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi "O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini tiklash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

28 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston havo yo‘llari" - O‘zbekiston Milliy aviokompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

21 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

24 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlari bo‘linmalari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

3 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekneftgaz" - O‘zbekiston neft va gaz sanoati" Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

2 iyul. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonunini e’lon qilindi.

3 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

16 iyul. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi X sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida bayram kunlari to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.

27 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

6 avgust. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi X sessiyasida qabul qilingan "Mudofaa to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.

25 avgust. O‘zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.

8 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

22 oktyabr. Toshkentda Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasining birinchi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XI Sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida"gi va "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - 8 dekabrni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida"gi Qonunlari e’lon qilindi.

15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI Sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi e’lon qilindi.

 

1993 yil

2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston Respublikasi "Sog‘lom avlod uchun" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod sog‘lig‘ini mustahkamlash, uni ma’naviy, ahloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash, unga o‘z Vatani - O‘zbekistonga bo‘lgan mehr-muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, shuningdek, bolalar farovonligi yo‘lida mehr-muruvvat faoliyatini avj oldirishda faol ishtirok etishdagi alohida xizmatlarni rag‘batlantirish maqsadida shu orden ta’sis etildi.

23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Sog‘lom avlod uchun" nohukumat Xalqaro xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

12 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIII sessiyasida qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi.

16 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIII sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 27 iyun shunday kun deb belgilandi.

 

1994 yil

11 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIV sessiyasida qabul qilingan "Vatan himoyachilari Kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi. Bu kun har yili 14 yanvarda nishonlana boshladi. 

22 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

5-6 may. Toshkentda Oliy Kengashning XV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini joriy qilish va "Oltin Yulduz" medalini ta’sis etish, "Mustaqillik", "Do‘stlik" ordenlarini, "Jasorat", "Shuhrat" medallarini ta’sis etish to‘risida, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida", "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. 

5 may. Suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik, huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida Oliy Kengashning Qarori qabul qilindi. 

11 may. O‘zbekiston Respublikasining "Mustaqillik" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Do‘stlik" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Jasorat" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Shuhrat" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonunlari e’lon qilindi. 

13 may. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XV sessiyasida qabul qilingan "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi. 

16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasining milily valyutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m respublika hududlarida 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin bo‘lgan metal tangalar holida naqd pul muomilaga chiqariladi. 

5 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. 

10 oktyabr. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi nishonlanishiga bag‘ishlangan esdalik yubiley tangasi muomilaga chiqarildi. 

7 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

 

1995 yil

23-24 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident Islom Karimov O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy tamoyillari haqida ma’ruza qildi. 

26 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasiga bag‘ishlangan Umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.

29 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga prezidentlik vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi. Xalq ishonchining ushbu mandatini davlat rahbariga O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya raisi Qudratilla Ahmedov 26 martda bo‘lib o‘tgan Umumxalq referendumining yakunlari asosida topshirdi. 

1 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis III sessiyasida qabul qilingan "Mehnat shuhrati" ordenini ta’sis etish to‘risida"gi Qonunini e’lon qildi. 

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis III sessiyasida qabul qilingan "Shon-sharaf" ordenini ta’sis etish to‘risida"gi Qonunini e’lon qildi. 

15 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgustdagi qaroriga binoan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Harbiy doktrinasi" e’lon qilindi. 

26 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "1996 yilni Amir Temur yili" deb e’lon qilish to‘risida" Farmon chiqardi.

 

1996 yil

 

4 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirilishi to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi. 

13 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Adabiyot, san’at va arxitektura sohasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

19 aprel. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar jamg‘armasining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

26 aprel. O‘zbekiston Respublikasining "Amir Temur" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. 

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Samarqand shahrini "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Shahrisabz shahrini "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

1 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Amir Temurning 600 yilligini nishonlash munosabati bilan ikki turdagi yubiley tangalarini chiqardi. 

31 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

4 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

 

1997 yil

3 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining "O‘qituvchilar va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi. Bu kun Qonun bilan 1 oktyabr deb belgilandi va bayram (dam olish) kuni hisoblanadi. 

7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash "Umid" jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqaradi.

 
4 may. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis VIII sessiyasida qabul qilingan "Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi. 

22 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni ta’sis etish to‘risida" Farmon chiqardi. 

9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oilaning jamiyatni rivojlantirishdagi rolini oshirish, uning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy manfaatlarini ta’minlash, 1998 yildi har bir oilaning farovonligini yaxshilash, milliy va siyosiy ongni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha aniq davlat dasturini ishlab chiqish maqsadida respublika komissiyasini tuzish yuzasidan Farmoyish chiqardi.

 

1998 yil

7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 1997 yil 26 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi "Bojxona kodeksi" e’lon qilindi. Bojxona kodeksi Oliy Majlis qarori bilan 1998 yil 1 yanvardan kuchga kiritildi. 

2 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Oila" Respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

15 may. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 

16 iyun. Toshkentda "Xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi roli" mavzuida Markaziy Osiyo mintaqaviy uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda davlat organlari, jamoat birlashmalari rahbarlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon parlamentariylari, xalqaro tashkilotlarning vakillari hamda O‘zbekistondagi bir qator davlatlarning favqulodda va muxtor elchilari, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Rossiya, Turkiya, AQShdan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdi. 

17 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "El-yurt hurmati" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xotin-qizlarning oila, davlat va ijtimoiy qurilishdagi rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish maqsadida, 1999 yili Ayollar yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Respublika komissiyasi tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

 

1999 yil

12 yanvar.O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis XIII sessiyasida qabul qilingan "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 

17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida ro‘y bergan fojiali voqealar munosabati bilan, "1999 yil 18 fevralni motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. O‘sha fojeali voqealar natijasida 13 kishi halok bo‘lgandi.

2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "9 mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

14-15 aprel. Toshkentda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, boshqa jihatlarini yanada erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. 

13 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mustamlakachilik davrida milliy mustaqillik va taraqqiyotga intilgani uchun nohaq hukm qilingan, ta’qib etilgan va jabrlangan vatandoshlar nomini aniqlash, ularning tarjimai holi va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish haqidagi takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun jamoatchilik komissiyasini tashkil etish hamda tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoyishi e’lon qilindi. 

10 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etishga doir takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

22 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Vatan va xalq ozodligi uchun jonlarini fido qilgan vatanparvarlar xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

19-20 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

11 oktyabr. O‘zbekiston "Vatan taraqqiyoti" partiyasining V s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy siyosiy kengashining hisoboti va saylovoldi dasturi muhokama qilindi. Partiya Markaziy siyosiy kengashining raisi A.Tursunov yuqoridagi masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. Partiyaning saylovoldi dasturi ma’qullandi. 

S’yezd delegatlari Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, mazkur partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

S’yezdda partiya dasturi va nizomiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi, Markaziy siyosiy kengash va taftish komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi. 

11 oktyabr. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining II s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Delegatlar Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, mazkur partiyadan respublika Oliy Majlisi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

S’yezdda partiya siyosiy kengashining birinchi kotibi T.Daminovning "Adolat" SDP siyosiy kengashi faoliyati va partiyaning saylovoldi dasturi haqidagi hisobati tanglandi. Partiya Siyosiy kengashi va taftish komissiyasining a’zolari ham saylandi. 

12 oktyabr. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining II s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. Delegatlar Islom Karimovni Prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, Oliy Majlis deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati ham tasdiqlandi. 

S’yezdda partiya raisi I.G‘afurovning "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidagi saylov jarayoni haqidagi ma’ruzasi tinglandi, partiyaning saylovoldi dasturi ma’qullandi. Markaziy kengashning yangi tarkibi, partiya emblemasi tasdiqlandi. Partiya dasturining yangi tahriri to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. 

25 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Abdulhafiz Marahimovich Jalolovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ro‘yxatga olish haqida 1999 yil 24 noyabrda qabul qilingan qarori e’lon qilindi. 

25 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining "Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi.

 

2000 yil

9 yanvar. Erkin demokratik saylov natijasida Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2000-2005 yillarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib saylandi. 

22 yanvar. Toshkentda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil dekabrda saylangan Oliy Majlisi o‘z ishini boshladi. 

Parlament birinchi sessiyasining birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov Oliy Majlisga saylov yakunlari haqidagi axborot bilan so‘zga chiqdi. U saylangan deputatlarni qizg‘in tabrikladi va ularning qonunchilik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. 

5 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

21 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil birinchi yarmida Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishiga bag‘ishlangan majlisi bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, qo‘mitalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, uyushmalar va muassasalarning rahbarlari qatnashdilar. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida joriy yilning birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda, iqtisodiy islohotlarning borishida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berganligi ta’kidlandi. Jumladan, makroiqtisodiy va moliyaviy sohalarda barqarorlashuv, muttasil iqtisodiy o‘sish kuzatildi. O‘tgan davr mobaynida sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,2 foiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlash 7,1 foiz ko‘paydi. Pul qadrsizlanishining o‘rtacha oylik darajasi 1,5 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti 9,8 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Eksport hajmi birmuncha oshdi, tashqi savdo balansida 162 mln AQSH dollari hajmida ijobiy saldoga erishildi. 

30-31 avgust. Toshkentda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining uchinchi sessiyasi bo‘ldi. Sessiya ishining birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qilib, O‘zbekistonning ayrim chegara uchastkalarida xalqaro to‘dalar qilgan terrorchilik harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni chuqur va atroflicha tahlil etdi. 

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan O‘zbekiston fuqarolariga, barcha mamlakatlarning parlamentlariga, jahon hamjamiyatining taraqqiyparvar kuchlariga murojaatnoma qabul qildilar. 

Oliy Majlis "Jaloliddin Manguberdi" ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonunni qabul qildi, 2000 yilning birinchi yarmida davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ma’qulladi, "Byudjet tizimi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi va uni umumxalq muhokamasiga qo‘yishga qaror qildi. 

6 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Terrorchi guruhlar tarkibiga yanglishib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

14 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 30 avgustda qabul qilgan "Jaloliddin Manguberdi ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonuni, shuningdek, orden to‘g‘risidagi Nizom va Jaloliddin Manguberdi ordenining tavsifi e’lon qilindi. 

7 dekabr. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasining sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘ldi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

7 dekabr. Oqsaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining to‘qqiz yilligi sharafiga orden va medallar bilan mukofotlangan, faxriy unvonlar bilan taqdirlangan vatandoshlarimizning katta bir guruhiga Vatan mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘ldi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

14-15 dekabr. Toshkentda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Parlament ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.

 

2001 yil

6 yanvar. O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarida qabul qilgan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoyishi e’lon qilindi. 

20 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Milliy mustaqillik g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar" fani yuzasidan o‘quv dasturlari yaratish va ularni respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoyishi bosilib chiqdi.

 
23 fevral - Vazirlar Mahkamasining "Qurbon hayitni nishonlash to‘g‘risida"gi 92-son qarori qabul qilindi. 

7 dekabr. An’anaga ko‘ra, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni arafasida "Turkiston" saroyida tantanali marosimga respublikaning mashhur siyosiy va ijtimoiy arboblari, madaniyat va san’at namoyondalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elichixona va xalqaro tashkilotlar vakillari jam bo‘ldilar. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Islam Karimov nutq so‘zladi. 

Unda davlat rahbari xalq hayotida yuz berayotgan katta o‘zgarishlarning asosiy mohiyati konstitutsiyamizda belgilangan va qayd etilgan huquq va imkoniyatlar, asosiy tamoyillarni singdirish bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Davlat rahbari 2002 yilni Qariyalarni qadrlash yili deb e’lon qildi. "Qarisi bor uyning parisi bor" deb xalq bejiz aytmagan. Darhaqiqat, qayerda qariyalar bo‘lsa va qayerda ularga e’tibor qaratilsa, o‘sha yerda farovonlik va mo‘lchilik qaror topadi. Bunday uyni xudoning o‘zi asraydi, deb ta’kidladi respublika rahbari.

 

2002 yil

10 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qo‘riqlash Qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi, "Vatanparvar" tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralarining alohida o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmonini imzoladi.

 
12 yanvar. Poytaxtning "Turkiston" saroyida ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bu yerga qurolli kuchlarimiz vakillari - oddiy soldat va serjantlar, ofitserlar va generallar, ishchilar va xizmatchilar, urush, mehnat va armiya fahriylari, oliy harbiy o‘quv yurti kursantlari, shahar jamoatchilik vakilari va poytaxt mehmonlari yig‘ildilar. 

27 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov respublikaning barcha fuqarolari singari referendumda ishtirok etdi. Davlat rahbari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi referendum o‘tkazish bo‘yicha 648-uchastkada ovoz berdi. Aynan shu yerda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun intervyu berib, Islom Karimov bunday muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlar har qanday davlat va jamiyatni demokratlashtirish uchun xizmat qilishini ta’kiladi. 

4 aprel. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2-chaqiriq 8-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sessiyada so‘zga chiqib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining keyingi taraqqiyoti uchun bo‘lib o‘tgan referendumning yuksak ahamiyatini, umumxalq ovoz berish natijalarining amalda joriy etilishi muhimligini ta’kidlab o‘tdi. 

10 aprel. Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha "YUNESKOning tinchlik uchun kurashuvchi Shaharlar mukofoti"ga Buxoro shahri loyiq deb topildi. U Marokashda YUNESKOning Bosh Direktori Koichiro Matsuura tomonidan topshirildi. Mukofotlash tantanasida Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov ishtirok etdi. Bu mukofot ikki yilda bir marta tanlov asosida jahonning besh mintaqasidagi besh shaharga taqdim etiladi. 2000-2001 yil tanlovida 76 shaharning nomzodi ko‘rsatilgan edi. 

3 may. 9 mayda umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kuni, shuningdek 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 57 yilligini o‘tkazish va urush qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

30 may. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tashkil etildi. 

31 may. Navoiy shahrida Navoiy viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

11 iyun. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov "Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik va o‘rta korxonalar rivojini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" Farmonga imzo qo‘ydi. 

3 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi" va "Noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi" O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq va mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitlarida respublika aholisining axborotga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbachilik faoliyatini keng rivojlantirishga ko‘maklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish maqsadida "Matbuot va axborot sohasidagi boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi. 

3 iyul. O‘zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tashkil qilindi. 

14 avgust. Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi 2003 yilga Davlat byudjetining loyihasi masalasi bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi. 

29 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 9-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi. 

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatag‘on qurbonlarini xotirlash Kuni munosabati bilan "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasidagi tadbirlarda ishtirok etdi. 

Erta tongda qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab fotiha o‘qildi. 

1 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 11 yilligi munosabati bilan davlat, hukumat va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabrik telegrammalari keldi. 

3 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni mamlakat Prezidenti, milliy xavfsizlik Kengashi Raisi Islom Karimov olib bordi. 

11 sentyabr. O‘zbekistonda ushbu fojeali voqealar qurbonlarini xotirlash kechasi o‘tkazildi. Kecha AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Unda mamlakatimiz hukumat a’zolari, diplomatik korpus, mahalliy va xorijiy vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Marosimda AQSH terrorchilarga qarshi boshlagan kurashini O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagani va bu dadil qadam jahon hamjamiyati tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingani alohida ta’kidlandi. 

24 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida barcha qurolli tuzilmalar, shuningdek tinchlik, kishilar osoyishtaligi va xavfsizligini saqlashga bevosita mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning rahbarlari taklif etilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda mamlakatdagi ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha ilgari qabul qilingan hujjatlar va Prezident qarorlari atroflicha muhokama etildi. 

5 dekabr. Konstitutsiya qabul qilinganini bayram qilish arafasida, Oqsaroy qarorgohida qator hamyurtlarimizga yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

Prezident marosim qatnashchilari bilan yana bir muhim sananing - xalq, millat, jahonning barcha musulmonlari uchun muqaddas bayram bo‘lgan Ramazon Hayiti arafasida uchrashib turganini mamnuniyat bilan izhor etib, ularni va ular siymosida barcha xalqlarni kishilar qalbiga eng oliyjanob va sof hissiyotlar olib kiruvchi ushbu kun bilan tabrikladi. 

5 dekabr. Poytaxtdagi Turkiston saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘lib o‘tdi. 

10 dekabr. Toshketda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi ish boshladi. Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

 

2003 yil

 

30 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 65 yoshga to‘lishi munosabati uning nomiga ko‘plab xorijiy davlatlar va hukumatlar, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari nomidan qutlovlar kelmoqda. 

Telegramma va maktublarda uning faoliyatiga yuksak baho berilib, respublikaning mustaqillikka erishishi, iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi, xalqaro maydonda mamlakat nufuzining o‘sishi, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikning ta’minlanishi O‘zbekiston Prezidentining nomi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

7 fevral. Mahalla fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish idorasi sifatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy qadriyatlar va an’analarni mustahkamlash ishida uning ta’sirini kuchaytirish, aholiga moddiy va ma’naviy ko‘maklashish hamda O‘zbekiston Respublikasida 2003 yilni "Mahalla yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi "Mahalla yili" dasturi to‘g‘risida"gi Qarorni qabul qildi. 

24 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 11-sessyaisi o‘z ishini boshladi. 

Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Sessiya majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

Parlament "O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi" Qonunni qabul qildi. 

So‘zga chiqqan deputatlarning taklifiga binoan sessiya Oliy Majlisning Iroq muammosini hal etish borasidagi Bayonotini qabul qildi, uni O‘zbekiston Yozuvchilari Uyushmasi Raisi Abdulla Oripov o‘qib eshittirdi. 

Oliy Majlis "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida"gi Qonunning yangi loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladi va uni umumxalq muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida chop etishga qaror qildi. 

Parlament "Bankrotlik to‘g‘risidagi" Qonunning yangi loyihasi va uni amalga kiritish haqida qaror qabul qildi. 

25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 11-sessyaisi o‘z ishini davom ettirdi. 

Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. 

Parlament "Bank sirlari to‘g‘risidagi" Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi va uni umumxalq muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida chop etishga qaror qildi. 

"Ijtimoiy jamg‘armalari to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini muhokama etish chog‘ida davlat rahbari Islom Karimov Afg‘onistonda dafn etilgan Alisher Navoiy va o‘zbek xalqining boshqa ko‘zga ko‘ringan arboblarining makonlari haqidagi masalani ko‘tardi. Albatta, bu masalani hozirgi afg‘on rahbariyati bilan muzokaralar vositasida hal etish va biro? bundan ijtimoiy jamg‘armalar ham chetda turmasliklari lozim. Biz mazkur masala bo‘yicha tegishli jamoatchilik fikrini shakllantirishimiz kerak, uni ko‘rib chiqish tashabbusi quyidan, aholining keng qatlamidan kelib chiqsin. Sessiya ishtirokchilari davlat rahbari taklifini qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar. 

12 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni mamlakat Prezidenti, milliy xavfsizlik Kengashining raisi Islom Karimov olib bordi. Majlisda, shuningdek, milliy xavfsizlik Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi, O‘zbekiston Respublikasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat idoralari va kuch ishlatuvchi tuzulmalarning vazifalari belgilab olindi. 

22 may. Bojxona idoralari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi idoralari uchun kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarorni qabul qildi. 

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatag‘on qurbonlari xotirasini yodga olish Kuni munosabati bilan poytaxtdagi "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi. Ajdodlar xotirasiga ehtirom va hurmat ko‘rsatish bu har bir kishining burchi, - dedi Islom Karimov. - Shunday shonli va ajoyib kunda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasiga kelish va qatag‘on qurbonlari xotirasini yodga olish qalb va ruhni tozalaydi. 

1 sentyabr. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 12 yilligiga bag'ishlangan tantana. (+video) 

7 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashabbus guruhi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Davlat rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari va ishbilarmonlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishda, ishlab chiqarishning o‘sishida, xalq farovonligining umumiy yuksalishida va iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlashdagi o‘sib borayotgan hissasini ta’kidlab o‘tdi. 

15 noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. 

3 dekabr. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy qudratini oshirishdagi katta hissasi, ko‘rsatilgan jonbozlik va tashabbuskorlik, barcha sohalardagi islohotlarni izchil amalga oshirgani uchun mustaqillikning 12 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Andijon viloyati Amir Temur ordeni bilan mukofotlandi. Andijonda ushbu yuksak mukofotni topshirish munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Shu kunning o‘zida Prezident Andijon tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurdi va sharoitlar hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi bilan tanishdi. 

5 dekabr. An’anaga ko‘ra, shonli sana - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan "Turkiston" saroyida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda mashhur siyosiy va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyondalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan xorijiy davlat elchilari va xalqaro tashkilotlar vakiilari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

Mamlakat Prezidenti 2004 yilni "Mehr va muruvvat yili" deb e’lon qilishni taklif etdi. 

Islom Karimovning bu taklifi guldiros qarsaklar bilan kutib olindi. 

11 dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 13-sessiyasi ish boshladi. Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

 

2004 yil

15 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 15 yanvarni aviafalokatda halok bo‘lganlar uchun motam kuni deb e’lon qilishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Toshkent aeroportida "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Termiz - Toshkent marshuruti NU 1154 reysini bajarayotgan YAK - 40 samolyoti bilan aviafalokat yuz berdi. Falokat natijasida 37 kishi, shu jumladan 5 ta ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

 
29 yanvar. Toshkent viloyati Kengashi xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar va tashkilotlar, Toshkent viloyatining Oliy Majlis deputatlari ishtirok etdi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

29 mart. Rasmiy xabarlar. 

2004 yil 24 martga o‘tar kechasi va shu kuni ertalab Toshkent shahrida bir qator terroristik harakatlar sodir etildi. 

Chorsu bozori xududida "Bolalar dunyosi" do‘koniga kiraverishda portlash sodir etildi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan biri shu do‘kon qorovuli edi. Ikkinchisining shaxsi aniqlanyapti. Yetti kishi turli darajadagi tan jarohatini oldi. 

29 aprel. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasini Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq 14 sessiyasi o‘z ishini boshladi. 

25 may. Andijon viloyat xalq deputatlari kengashinng navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

1 iyun. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

9 iyul. Samarqand viloyat halq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

30 iyul. Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik harakatlar bo‘yicha tashkil etilgan hukumat komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Komissiya majlisida tegishli xizmat va tashkilotlarning portlash bilan bog‘liq holatlar tahlili va ularni aniqlashning aniq chora - tadbirlari haqidagi ma’lumotlar tanglandi. Sodir etilgan terroristik harakatlarning sababini va bajaruvchilarni aniqlash amalga oshirish bo‘yicha harakat rejasi qabul qilindi. 

31 iyul. Oqsaroy qarorgohida Toshkent shahrida sodir etilgan torroristik harakat munosabat bilan tuzilgan hukumat Komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olib bordi. 

26 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi. 

27 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi. 

6 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bo‘ldi. 

11 oktyabr. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi. 

15 oktyabr. Farg‘ona viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

2 dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

 

2005 yil

 

19 mart O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - umumxalq hashari kuni poytaxtimizdagi qurilish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi. Yurtboshimiz dastavval Beshyog’och maydonida bo’ldi. Tinchlik va taraqqiyot yo’lidan borayotgan yurtga bunyodkorlik ishlari, bayramlar yarashadi. Poytaxtimiz Navro’z arafasida yangi va zamonaviy qiyofada namoyon bo’layotgani xalqimizning sevimli bayramiga o’zgacha shukuh bag’ishlamoqda.

14 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Andijon shahrida sodir bo‘lgan voqealar munosabati bilan Toshkentda mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi. 

16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu yil ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

19 avgust. Senatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rahbariyati, qo‘mita va fraksiyalari rahbarlari ishtirokida Senat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisiga tayyorgarlik masalalari, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Qonun ijodkorligi va ikki palatali parlament faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishni chuqurlashtirish borasidagi eng muhim masalalarni hal etishda deputatlar va senatorlarning roli hamda mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamiyat va davlat qurilishining boshqa muhim masalalari ko‘rib chiqildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zga chiqdi. 

21 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning borishi, qishloq xo‘jaligida yuz berayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. 

7 dekabr. Ulug‘ bayramlarimizni shodiyona bilan nishonlash ezgu udumlarimizdan. An’anaga ko‘ra eng ulug‘, eng aziz bayramimiz - Mustaqillikning 14 yilligi arafasida, Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, el-yurtimiz ilm-fani, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, farovonligi, tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi. 

8 dekabr. Prezident Islom Karimov kirib kelayotgan yangi - 2006 yilni mamlakatimizda "Homiylar va shifokorlar yili" deb e`lon qilishni taklif etdi. Yurtboshimizning bu taklifini yig`ilganlar gulduros qarsaklar bilan ma`qulladilar. 

29 dekabr. Prezident Islom Karimov poytaxtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

 

2006 yil

24 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ish boshladi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi. 

16 mart. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishni mamlakat Prezidenti, Milliy xavfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov boshqardi. 

Yig`ilishda Markaziy Osiyo mintaqasi va uning atrofidagi vaziyat to`g`risida fikr almashindi, mamlakat xavfsizligiga, jumladan, axborot sohasidagi zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi kurashga oid chora- tadbirlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo`shilishi bilan bog`liq dolzarb masalalar ko`rib chiqildi. 

may. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan ushbu umumxalq bayrami mamlakatimizda keng nishonlandi. 

Mustaqilllik yillarida bu kun tom ma’noda inson xotirasi va qadriga nisbatan adolatni tiklagan, asl haqiqatni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy sanaga aylandi. 

14 avgust. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizli kengashining majlisi bo`lib o`tdi 

Majlisni mamlakatimiz Prezidenti, Milliy xavfsizlik kengashi raisi Islom Karimov boshqardi. 

Majlisda mintaqada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga, mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashishga oid dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

 

2007 yil

      

 may. Prezidentimiz ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bu muqaddas maydon, nainki Xotira va qadrlash kuni, balki yil bo‘yi ziyoratchilar bilan gavjum bo‘ladigan maskanga aylangan. Kishilar bu yerga shunchaki tomosha yoxud sayr uchun kelmaydilar, o‘tganlarni yod etadilar. Bu tuyg‘u bugungi tinch va osoyishta hayotimizni, tiriklarni qadrlashga da’vat etadi. Ushbu maydonga kelgan har bir inson qalbida shu tabarruk yurt barchamizniki, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burchimizdir, degan ezgu tuyg‘u jo‘sh uradi.

Prezident Islom Karimov shu kuni poytaxtimizning Mustaqillik maydoniga tutash Moliya vazirligi g‘aznachiligining yangi binosi bilan tanishdi.

29 noyabr. Prezident Islom Karimov raisligida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz rahbari mazkur yig‘ilishdan maqsad o‘tgan besh yil mobaynida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etishdan iborat ekanini ta‘kidladi.

Mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy va ma‘naviy salomatligini mustahkamlash, farzandlarimizning sog‘lom turmush tarzini ta‘minlash, ularda sportga muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

dekabr. Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 16 yilligi arafasida, Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlariga muvofiq, o‘zining fidokorona mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, hayotimizning barcha sohalarini rivojlantirish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashda o‘rnak va namuna ko‘rsatgan xalqimizning munosib vakillari yuksak davlat mukofotlari – faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Ular orasida ishlab chiqarish sohalarida, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, ilm-fan, madaniyat va san’at, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, Qurolli Kuchlarimiz va huquq-tartibot idoralarida xizmat qilayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz bor.

Oqsaroy qarorgohida 7 dekabr kuni ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘ldi.

 

2008 yil

16 yanvar. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlislar zaliga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i olib kiriladi.

Parlament palatalari rahbarlarining topshirig‘iga binoan qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. U 2007 yil 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligini qayd etdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo‘lganlar va saylovchilar nomidan Islom Karimovni yuksak va mas’uliyatli lavozim – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangani bilan qizg‘in tabrikladi va Islom Karimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirdi.

8 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

21 mart. Prezident Islom Karimov navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi qatnashdi.

9 may. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan ushbu umumxalq bayrami mamlakatimizda keng nishonlandi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Prezidentimiz ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

18 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari ko‘rib chiqildi hamda 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olib bordi.

31 avgust. Qatag‘on qurbonlari kuni munosabati bilan erta tongida poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan marhumlarni yod etish marosimi o‘tkazildi. An’anaga ko‘ra osh tortildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

31 avgust.  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Istiqlolimizning 17 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

10 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tgan XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarimizni, ularning ustoz va murabbiylarini qabul qildi.

Istiqlolimizning 17 yilligi nishonlanishi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilar va murabbiylarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga muvofiq, Pekin Olimpiadasida oltin, kumush, bronza medallari sohibi bo‘lgan sportchilarimiz va ularning murabbiylari Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga, mamlakatimizda iste’dodli yosh sportchilarni tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Islom Karimov ularga ana shu yuksak mukofotlarni topshirdi.

5 dekabr. Oqsaroy qarorgohida Vatanimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘ldi.

13 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunla

 

– Avvalo, mana shu muhtasham zalda to‘planib turgan siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklashdan, sizlarga o‘zimning samimiy hurmatimni bildirishdan xursand ekanimni izhor etmoqchiman, – dedi Prezident Islom Karimov. – Bugun biz Vatanimizning ravnaq topishi, orzu-umidlarimizni amalga oshirish, el-yurtimizni yanada obod, hayotimizni farovon qilish yo‘lida o‘zining jonkuyar mehnati va fidoiyligi bilan xalqimizning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan siz, azizlarga davlatimizning munosib mukofot va unvonlarini topshirish munosabati bilan mana shu hashamatli zalda to‘plandik.

 

2009 yilri va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

21 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tabrik so‘zi OAVda chop etildi.

9 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xotira maydoniga tashrif buyurdi va Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jonini fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

31 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Istiqlolimizning 18 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarida ishtirok etdi.

1 sentabr. “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan tantanali majlis bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
Prezidentimiz tantana qatnashchilarini, butun xalqimizni Toshkent shahrining 2200 yillik bayrami bilan qutlar ekan, mustaqillik biz uchun o’zligimizni anglash, huquqiy demokratik davlat, erkin va farovon hayot barpo etish uchun ulkan imkoniyatlar ochib berganini qayd etdi. Milliy davlatchiligimiz tarixida va ijtimoiy-siyosiy hayotimizda poytaxtimiz alohida o’ringa va beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009 yil 20 avgustdagi farmoniga binoan, yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, xalqlar o’rtasidagi do’stlik munosabatlarini rivojlantirishga qo’shgan katta hissasi, ezgu an’analarni saqlash, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlandi.
Prezidentimiz Islom Karimov ushbu yuksak mukofot – “Mustaqillik” ordenini tantanali ravishda topshirdi.

5 dekabr. Oqsaroyda Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish marosimi bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
Shu kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yig‘ilishda ma’ruza qildi.
Yurtboshimiz amalga oshirayotgan izchil islohotlar, betimsol bunyodkorlik ishlarimiz asosida, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida erishayotgan yutuqlarimiz mohiyatida, ongu shuurimizdagi o‘zgarishlar, turmushimizdagi farovonlik zamirida Bosh qomusimizning qoida va talablari mujassam ekanini alohida ta’kidladi.

27 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 644-saylov uchastkasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Toshkent shahar Kengashiga saylov bo‘yicha ovoz berish uchun tashrif buyurdi.

 

2010 yil

 

 2 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkent shahrida barpo etilgan “Vatanga qasamyod” haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

26 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

27 yanvar. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etdi va «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» mavzuida ma’ruza qildi.

29 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

23 mart. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, xalqimizni Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

9 may. Xotira va qadrlash kunida poytaxtimizdagi Xotira maydonida harbiy orkestrning mahzun musiqasi ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

31 avgust. Poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” xiyobonida    xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan insonlarni yod etish marosimi o‘tkazildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

31 avgust. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning o‘n to‘qqiz yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etdi.

12 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etdi. Qo‘shma majlisda davlatimiz rahbari «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuida ma’ruza qildi.

7 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda yurtimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlashda o‘rnak va namuna ko‘rsatgan bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

7 dekabr. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yig‘ilishda “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzuida ma’ruza qildi.

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  DAVLAT RAMZLARI

DAVLAT BAYROG‘I

 

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

 

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

 

 

DAVLAT GERBI

 

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

        O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

       Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

        Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

         Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

DAVLAT MADHIYASI

 

      "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

       Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

 

Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Мустақиллик шароитида ўзбек миллий маданияти ривожланишининг назарий масалалари.

 

   Истиқлол йилларида тўпланган тажриба Ўзбекистоннинг XX асрдаги маънавий ҳаёти, жамият аъзолари ижтимоий тафаккуридаги сиёсий –мафкуравий ўзгаришлар ҳақида мулоҳаза қилиш, ўзбек халқи ижтимоий ҳаётида содир бўлган воқеа - ҳодисалар тўғрисида чуқур илмий хулосалар чиқариш имкониятини берди. Бундай хулосалар мустақил Ўзбекистоннинг XXI асрдаги шакли-шамойили тўғрисида ҳаққоний тасаввур яратиш нуқтаи назаридан ҳам муҳим ҳисобланади.

   XX аср Ўзбекистон тарихи, хусусан, маданий ҳаёти масалалари хусусида қатор адабиётлар нашр этилмоқда, фикрлар билдирилди, хулосалар ясалмоқда. Бу мавжуд ижтимоий ҳолат ва табиий эҳтиёжнинг намоён бўлиши. Мустабид совет тузими даврида ўзбек миллий маданиятининг коммунистик мафкура исканжасида қанчалар жабр кўрганлиги, бунинг миллий аҳлоқ, миллий виждон, миллий турмуш тарзи, миллий ўзликка қай даражада салбий таъсир кўрсатганлиги маълум маънода исботланди. Бироқ коммунистик мафкуранинг ўзбек миллий маданиятига етказган барча зарар-зиёнларннинг даража ва ҳажмини аниқлаш илмий жамоатчилик олдида турган муҳим вазифадир.

   Масаланинг иккинчи томони ҳам бор. Гап шундаки, ҳозирги айрим фуқаролар мустабид тузим даврида «маданий ривожланиш» юз берганлиги унинг оқибатида  миллий юксалиш рўй берган деб тасаввур этадилар. Бундай фикрларнинг, айниқса, айрим зиёлилар орасида мавжудлиги жуда ачинарлидир. Ҳеч қандай  таг-заминга, илмий асосга суянмаган бундай фикрларнинг борлиги, назаримизда айримларнинг масалани мазмун ва шакл-шамойилига амал қилмаганлиги, унга беэътибор муносабати натижасида бўлиши мумкин.

   Тўғри, советлар даврида мактаблар, илмий муассасалар, маданият масканлари барпо этилди, 100 минглаб зиёли вакиллари «шаклланантирилди» қилинди. Аммо катта маблағлар эвазига амалга оширилган бундай тадбирлардан кўзланган мақсад ўзбек миллий маданияти тараққиётини таъминлаш эмас, аксинча, ўзбек халқининг буюк миллий – маданий меросини  йўқ қилиш асосида ундаги бошқа миллатларга қараганда ҳам устивор аҳамият касб этадиган миллий ўзликни англаш жараёнини йўқ қилишдан иборат эди.  Қайд этиш лозимки, совет даврида бундай ҳолатга маълум маънода эришилди. Фуқаролардаги ижтимоий сустлик, теварак-атрофда рўй бераётган воқеа-ҳодисаларга  бефарқлик, маънавий боқимандалик, ўз миллий маданий меросининг тақдирига лоқайдлик, манқуртлик аломатлари-буларнинг бариси советлар тузимининг миллий маданиятларга нисбатан олиб борган сиёсатининг натижаси эди.

   Мустақиллик шароитида ўзбек миллий маданиятини ривожлантириш учун барча шарт-шароит, имкониятлар аввало Президент И. Каримов томонидан маънавият-маърифат, миллий-маданий меросга нисбатан илмий-амалий муносабатда ўз аксини топди ва  маънавиятнинг ривожланиши эволюциясининг шаклланиши асносида юз берди. Дарҳақиқат, мамлкатимиз ҳукумати, президентнинг жамиятни маънавий барқарорлаштиришни таъминлашга қаратилган муносабати ва бу борадаги кучли сиёсати тасодифий ҳолда кечмади.

   Аксинча, у кучли миллий-маънавий меросга асосланган ижтимоий ҳодисадир. Унинг шаклланишини Ўзбекистоннинг мустақиллик шароитида ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ривожланиш концепциясидан айри ҳолда тушуниш эса хатодир. Масаланинг моҳияти эса жамиятни маънавий барқарорлаштиришнинг бошқа жабҳалардаги тўб ислоҳатлар билан ҳамоҳанглиги ва уйғунлигидадир. Мустақилликнинг бир йиллик байрами арафасида И. Каримовнинг «Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли», деб номланган асари нашр этилди. Ушбу асарни Ўзбекистоннинг совет мустабид тузими давридаги тижтимоий-сиёсий, иқтисодий, маънавий-мафкуравий инқироздан чиқиш йўли ҳамда мустақиллик шароитида мамлакатни тараққий эттириш йўлидаги таълимоти сифатида баҳолаш мумкин.

   Хўш, ушбу асарнинг жамият маънавий ҳаётида тутган ўрни ва роли нимадан иборат бўлди? Нима учун мазкур китобга сўнгги пайтларда олиму-мутахассислар, кенг жамоатчилик бот-бот эътиборини қаратмоқда? Бунинг сабаби, назаримизда Президент томонидан маънавий омилларнинг мустақилликни мустаҳкамлашнинг муҳим омили сифатида эътироф этилишидадир. Жумладан китобнинг «Мустақил Ўзбекистонни ривожлантиришнинг маънавий-аҳлоқий негизлари» деб аталган бобида жамият тараққиётининг қуйидаги тўрт пойдевори кўрсатиб берилади: умуминсоний қидриятларга содиқлик, халқимизнинг маънавий меросини сақлаш ва ривожлантириш, инсон ўз имкониятларини эркин намойиш қилиш, ватанпарварлик.

   Масалага шу таҳлитда муносабатда бўлиш маънавиятнинг сиёсий мафкурадан тўлиқ озод бўлганлигидан далолатдир. Ҳақиқатдан ҳам истиқлол йилларида маънавиятнинг ижтимоий функцияси ўзгарди. Гап шундаки, совет мустабид тузуми даврида маданиятнинг вазифаси соф сиёсий мақсаддан келиб чиқарди. Бундай мақсад эса барча воситалар билан жамият устидан якка ҳокимликка эга бўлган партиявий мафкуранинг устиворлигини таъминлашдан иборат эди. Мустақиллик йилларида маданиятнинг бош вазифаси жамият аъзоларида юксак маънавият, аҳлоқий сифатларни қарор топтириш, инсонни қадрлаш, ўзлигини англаш жараёнини қарор топтиришга қаратилди.

   Масалага шу аснода ёндошишнинг ўзига хос жиҳатлари бўлиб, булар мамлакат юртбошчиси томонидан катта ақл – заковат, илмий тафаккурга асосланган эди. Булар, назаримизда қуйидагилардан иборатдир:

   Биринчидан, мамлакатимизда мустақилликни мустаҳкамловчи, унга руҳ берувчи омил сифатида маънавият-маърифатга жуда катта аҳамият берилди. Истиқлолий жараёнларни реал кучга айлантириш, амалга оширилаётган ислоҳатларни рўёбга чиқариш, жамият ҳаётида совет мустабид тизими даврида шаклланган мураккаб муаммоларни ҳал этишда маънавий омилларнинг ўрни ва роли катта эканлиги исботланди. Буларнинг бариси маънавият-маърифатнинг давлат сиёсатининг устивор йўналиши сифатида тан олиниши ҳамда унинг амалга оширилишда ўз аксини топди. Мамлакатимиз Президентининг «Маънавият ва маърифат жамоатчилик маркази фаолиятини янада такомиллаштириш тўғрисида»ги  (1996 йил, 9 сентябр) Фармонида ушбу жабҳанинг мамлакат ва миллат тақдирида муҳим рол ўйнаши яна бир карра эслатиб ўтилди.

   Иккинчидан, истиқлол шароитида, бозор муносабатларига ўтиш ҳамда жамиятнинг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий, маънавий-мафкуравий, аҳлоқий янгиланиши даврида Ўзбекистоннинг жаҳон ҳамжамиятига қўшилишида, мураккаб муаммоларни ҳал этишда маънавий-маърифий  омиллар тараққиётининг асоси эканлиги тўғрисидаги фикр ижтимоий аҳамият касб этди. Юртбошимизнинг «Жамият тараққиётининг асоси, уни муқаррар ҳалоқатдан қутқариб қоладиган ягона куч-маърифатдир»,14 дейишади жуда катта рамзий маъно бор. Ақл-заковатли, юксак маънавиятли кишиларни тарбиялаш орқалигина олдимизга қўйилган юксак мақсадларга эришиш мумкин.

   Учинчидан, жамият тараққиётининг ҳозирги босқичида маънавият ва маърифат масаласига инсонни руҳий-аҳлоқий жиҳатдан поклантиришга шарт-шароит ва имконият яратадиган омил сифатида қараш юзага келди. Дарҳақиқат, баркамол авлод тарбияси, фуқаролар онги, тафаккурининг ўзгариши, уларнинг теварак-атрофда рўй бераётган воқеа-ҳодисаларга нисбатан муносабатини белгилаш ва аниқлаш, аввало, уларнинг руҳияти унинг даражасига боғлиқдир. «Маънавият ҳақида гап кетар экан, деган эди И.А. Каримов, мен аввало, инсонни руҳий покланиш ва юксалишга даъват этадиган, инсон ички оламни бойитадиган, унинг иймон-иродасини, эътиқодини мустаҳкамлайдиган, виждонини уйғотадиган қудратли ботиний кучни тасаввур қиламан».15

   Тўртинчидан, мамлакатда қурилаётган демократик, ҳуқуқий, инсонпарвар жамият маънавияти ҳеч шубҳасиз ҳозирда шаклланётган миллий истиқлол ғояси ва миллий мафкура билан узвий боғлиқдир. Шўро замонида маданият ва коммунистик мафкура нисбатида маънавий омиллар иккинчи даражали ижтимоий ҳодиса сифатида баҳоланар эди. Бу эса ўз навбатида коммунистик мафкурани маданиятга нисбатан устувор эканлиги, унинг асоси, пойдевори бўлиб хизмат қилиши тўғрисидаги ғайриқонуний «назария»нинг пайдо бўлишига сабаб бўлди.

Энди давра ва ушбу масалага нисбатан қарашлар ўзгарди. Бир томондан, миллий мафкура доимо миллий маданият ва маънавият қобиғида, унинг ҳосиласи сифатида юзага келиши тўғрисидаги ҳақиқат қарор топди. Бошқа томондан эса, мафкура ва маънавият ҳеч қачон бир-бирини инкор этмайди, аксинча, эътироф этиши, шу асосда уларнинг ўзаро уйғунлиги миллий тараққиёт учун зарур омил бўлиб хизмат қилиши ижтимоий фикр сифатида шаклланди. Ушбу фикрнинг тўғри эканлигигка Президентнинг «биз барпо этаётган янги жамият юксак маънавий ва аҳлоқий қадриятларга таянади ва уларни ривожлантиришга катта эътибор қаратади. Бу жараён миллий истиқлол ғояси ва мафкурасига, ўсиб келаётган ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга асосланади»16 деб таъкид этиши жиддий исботдир.

Миллий мафкура ва миллий истиқлол ғоясининг энг асосий вазифаси миллат ва халқни ягона мақсад-озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт барпо этиш, ижтимоий-сиёсий барқарор муҳит яратишга, ҳар бир фуқаронинг ягона Ватан бахт-саодати учун доимо масъулият сезиб яшашига чорлаш, аждодларимизнинг бебаҳо мероси, миллий қадрият ва анъаналаримизга муносиб бўлишга эришиш, юксак фазилатли ва комил инсонларни тарбиялашдан иборатдир. Ушбу ҳолатни чуқур таҳлил этаган И.А. Каримов шундай хулоса беради: «Миллий ғоя ва истиқлол мафкураси юртимизда яшаётган барча кишиларнинг маънавий бойлигига, дунёқарашининг негизига айланишига эришиш биз учун энг асосий мақсаддир»17.

Қайд этилган ушбу фикр методологик-концептуал нуқтаи назардан тамомила янгича қараш тарзида баҳоланиши лозим. Бунда аввало, миллий мафкура ва маънавиятнинг нисбати тўғри аниқлаб берилган ҳамда улар  бир-бирини инкор этадиган ижтимоий ҳодисалар эмас, аксинча, ўзаро, уйғунликда мавжуд бўлиши мумкин бўлган феномен маъносида тушунилади. Ва айни пайтда миллий истиқлол ғояси ва миллий мафкура ушбу ҳудудда истиқомат қилаётган ўзбек халқинигина эмас, айни вақтда бошқа кўплаб миллат, эллатлар мафкураларини ҳам тақозо этиши мумкинлиги ҳақида хулосага келиш мумкин.

Бешинчидан, маънавий боқимандалик, фикрий мутелик ва улардан келиб чиқадиган ижтимоий лоқайдлик жамиятни муқаррар ҳалокатга олиб келади, жамият аъзоларида эса теварк-атрофда юз бераётган воқеа, ҳодисаларга бефарқлик аломатларини юзага келтиради. Бу эса кўрилаётган жамиятда маънавий инқироз ва ўпирилишларининг олдини олишга катта эътибор беришни тақазо этади. Инсон маънавиятидаги камтиклик, тафаккур ва фикр ноқислиги, мушоҳада ва мулоҳаза қилиш даражасининг пастлиги, энг оддий аҳлоқий сифатларнинг етишмаслиги-буларнинг барчаси пировард натижада жамият маънавий-руҳий ҳолатига салбий таъсир кўрсатиши мумкин.

Шу маънода жамият маънавий ҳаётини барқарорлаштиришга қаратилган давлат сиёсатини изчиллик билан олиб борилаётганлигини пировард мақсадга эришишнинг шарти сифатида баҳолаш мумкин. Айни пайтда юртбошимизнинг қуйидаги фикрлари жуда ўринлидир: «Миллат, давлат, жамият тақдири ҳал бўлаётган паллада ўзлигимизни англаш, маънавий илдизларимизни унутмаслик катта аҳамиятга эга. Моддий етишмовчилик албатта оғир синов, лекин унга меҳнат билан, сабр тоқат билан бардош берса, енгиб ўтса бўлади, аммо маънавий инқироз, маънавий қашшоқликдан, уларнинг оқибатида миллатлараро низолардан, биродаркушлик қирғинларидан худонинг ўзи асрасин»18.

Демак, ҳозирги мураккаб ўтиш даврида мустақилликни сақлаб қоладиган ягона куч маънавият экан, бундай энг аввало фуқароларнинг айрим қисмида мавжуд бўлган маънавий инқироз ва кемтикликни бартараф этиш зарур.

Олтинчидан, мамлакатда барча соҳаларда рўй бераётган ижобий жараёнлар кучли демкоратик ўзгаришлар билан уйғунликда намоён бўлмоқда. Ҳақиқатдан ҳам демократлаштириш жараёни кучли мазмун билан бойимоқда, у жаҳон андозаларини кўр-кўрона ўзлаштириб олиш асосида эмас, аксинча, миллийликнинг зарур шартларига асосланган ҳолда ривож топмоқда.

Демократик жараёнларни чуқурлаштиришнинг йўналишлари жуда кўп. Аммо улар демократия ва маданият нисбати, маънавий омиллар муҳим рол ўйнайди. Дарҳақиқат, маданият демократияни янада жонлантирадиган, жамиятда чуқур ижобий ўзгаришлар пайдо қиладиган ижтимоий кучдир. Мамлакат Президенти демократик жамиятни  маънавий қашшоқ кишилар билан қуриб бўлмаслигини, аслида демократия ва маданий тушунчаси Шарқ, хусусан, ўзбек давлатчилик тарихида жуда қадимдан мавжуд эканлигини доимо эслатиб туради.

Шарқона раҳбарлик усули бу маданият ва демократиянинг уйғунлигидир. Шунинг учун бўлса керак, юртимизнинг узоқ давлатчилик тарихидаги давлат раҳбарлари жуда нозиктаъб, аллома, донишманд, мутафаккир ва маърифатпарвардир.

Маънавият ва демократия масаласида ижод эркинлиги масаласини турри ҳал этиш жуда зарурдир. Ҳақиқий, том маънодаги асар фақатгина санъаткорга эркинлик берилганда ва у жамият томонидан муҳофаза этилгандагина яратилиши мумкин. Бунга мустакилликнинг ўн йиллиги гувоҳдир, зеро юртбошимизнинг истиқлолнинг дастлабки даврларида маданият, санъат ходимлари, адиблари билан ташкил этган учрашувлари, улар фаолиятига нисбатан ғамхўрлик қилиши, кучли ижтимоий муҳофаза тизимининг шаклланиши — буларнинг барчасидан кўзланган мақсад комил инсон тарбияси, ҳуқуқий давлат талабларига жавоб бера оладиган жамият аъзоларини етиштиришдир.

Тараққиётнинг ҳозирги босқичида ижодкор учун эркинлик, бизнинг назаримизда, энг аввало жамият аъзолари, ўзбек миллати томонидан талаб этилаётган, том маънодаги ижтимоий буюртмани бажаришга асосланиши лозим. Демак, шўролар давридаги ижодкорларга берилган «ижтимоий буюртма» коммунистик мафкуранинг сиёсий мақсадларини амалга оширишга йўналтирилган бўлса, Ўзбекистоннинг ҳозирги кундаги ижодкор санъаткорларининг бурч ва масъулияти миллатнинг маънавий эҳтиёжлари туфайли юзага келмоқда.

Ўзбекистондаги демократик жараёнлар, айни пайтда, озод шахсни шакллантириш нуқтаи назаридан ҳам ўта долзарбдир. Демократия ва том маънодаги эркин шахс маънавий асосга кўрилгандагина кутилган мақсадга эришиш мумкин. И.А. Каримов таъкидлаганларидек: «Эркин фуқаро маънавиятини, озод шахсни шакллантириш масаласи олдимизда турган энг долзарб вазифадир. Бошқача айтганда, биз ўз ҳақ — ҳуқуқларини танийдиган ўз кучи ва имкониятларига таянадиган, атрофида содир бўлаётган воқеа — ҳодисаларга мустақил муносабат билан ёндошадиган, айни замонда шахсий манфаатларини мамлакат ва халқ манфаатлари билан уйғун ҳолда кўрадиган эркин, ҳар жиҳатдан баркамол инсонларни тарбиялашимиз керак»19.

Еттинчидан, маънавият, миллат тарихи, ўтмиши, бой маданий мероси билан уйғунликда бўлгандагина ижтимоий тараққиёт учун самарали натижа бериши мумкинлиги англаб етилдиистиқлолга қадар маданият ва тарих ўртасида жуда катта «хитой девори» бор эди. Расмий ҳужжатларда мафкуравий тарих ва маданият нисбати жуда катта «сиёсий уйин»га йўғрилган, сийкаллаштирилган эди.

Аслида эса тарих ва миллий маданият коммунистик мафкура нуқтаи назарида бир—бирини инкор этарди. Бунинг боиси ҳукмрон мафкуранинг сиёсий мақсадлари билан уйғунлигида ифодаланар эди. Жумладан, миллий маданиятларнинг қай даражада маҳобатли ва қўҳна эканлиги ушбу масалага тарихий аснода муносабатда бўлиш билангина аникланиши мумкин. Бундай  ҳол коммунистик мафкура моҳиятига сира ҳам мос келмас эди. Шунинг учун ҳам сиёсий ҳокимият ҳар қандай усуллар билан бўлсада, миллий тарих, чунончи ўзбек миллати тарихини фақатгина урушлар, «синфий курашлар», ўпирилишлар тарихидан иборат, деб кўрсатишга ҳаракат қилди.

Мустақиллик ўзбек ҳалқи тарихи «синфий курашлар» тарихи эмас, аксинча маънавият — маърифат, яратиш, бунёд этишдан иборат тарих эканлигини яна бир бор эслатди. «Биз И.А.Каримов халқни номи билан эмас, балки маданияти, маънавияти орқали биламиз, тарихининг таг—томиригача назар ташлаймиз»20.

Саккизинчидан, Ўзбекистондаги ҳозирги ижтимоий — сиёсий ҳолат мамлакатимиздаги 120 дан ортик барча миллат, элатларнинг эркин, эмин ривожланишига шарт — шароитлар яратиб бермоқда. Турли маданиятли, динли фуқароларнинг озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт қуриш каби ягона мақсад ҳамда ғоя асосида бирлашишлари, Ўзбекистонни ўз Ватанлари сифатида тан олишлари мамлакат ҳукумати томонидан олиб борилаётган кучли миллий сиёсат ва миллатлараро тотувлик йўлидаги саъий-ҳаракатнинг натижасидир.

Мамлакатимизда миллатлараро тотувликни таъминланганлигининг яна бир муҳим жиҳати бор. У ҳам бўлса ўзбек миллатига хос бўлган бағрикенглик, олийжаноблик, ўзгаларга нисбатан меҳр-оқибатнинг кучлилигидир. Миллатлараро тотувликни таъминлашнинг ҳуқуқий жиҳатлари, юртимизда миллий маданиятлар равнақи учун яратилган шарт-шароитлар, ўзбек менталитетига хос бўлган миллий ва фуқаровий сифатларнинг барчаси юртимизда содир бўлаётган ижтимоий тараққиётга замин яратмоқда.

Жаҳоннинг турли бурчакларида миллатлараро низолар, тортишувлар, келишмовчиликлар содир бўлиб турган бир шароитда Ўзбекистондаги ижтимоий барқарорлик ва тотувлик кўп жиҳатдан миллий манфаатларнинг умуминсоний қадриятлар билан уйғунлиги туфайли ҳам юз бермоқда. «Бизнинг миллий хусусиятларимиз — дейди Ислом Каримов, — умуминсоний қадриятлар билан боғланиб кетган. Асрлар давомида халқимиз умумбашарий, умуминсоний қадриятлар такомилига улкан ҳисса қўшган. Турли миллат вакилларига ҳурмат, улар билан баҳамжиҳат яшаш, диний бағрикенглик, дунёвий билимларга интилиш, ўзга халқларнинг илғор тажрибалари ва маданиятини ўрганиш каби хусусиятлар ҳам халқимизда азалдан мужассам»21 .

Юқорида келтирилган мулоҳазалар мамлакатимизда юксак маънавий — маърифий муҳит яратилганидан ҳамда унинг жамият ижтимоий — сиёсий, иқтисодий ҳаётига таъсири тобора кучайиб бораётганлигидан далолатдир. Шу билан бирга бундай ҳолат мамлакат ижтимоий тараққиётини таъминлашнинг кучли омили бўлиб хизмат қилмоқда. Демократик, ҳуқуқий, инсонпарвар жамият қурилиши шароитида Ўзбекистонда маънавий маданиятни ривожлантиришнинг концептуал — методологик асослари яратилмоқдақи, бунда Президент И.А.Каримов асарлари, фикр — мулоҳазалари жуда катта аҳамият касб этмоқда, истиқлолнинг ўн йиллиги тажрибасини умумлаштириб ҳозирги босқичда юртимизда маданиятини    ривожлантиришнинг    қуйидаги омиллари шаклланди, деб таъкидлаш мумкин:

— жамият маънавий ривожланиши, фуқаролар маънавий эҳтиёжларини қондиришнинг ҳуқуқий асослари яратилди;

— ижодий эркинлик таъминланди, «сиёсий ижтимоий буюртма» амалиётига чек қўйилди, том маънодаги ижодкорлар, истеъдодларига ўз қобилиятларини намоён этиш имконияти туғилди;

— Ўзбекистондаги маънавий муҳит барпо этилиши лозим бўлган демократик, ҳуқуқий, инсонпарвар жамият талабларига мос келмоқда, жамият ҳаётидаги муаммоларни маънавий-аҳлоқий усуллар билан ҳал этишга уриниш кучаймоқда;

— бадиий ижод, маънавий тараққиётда асосан инсонпарварлик, демократия қадриятларига асосланиш, суяниш амалиёти юзага келмоқда.

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 13 йиллик тантаналарида сўзга чиққан Президент Каримов ўтган давр юртимиз учун ҳам ютуқлар, ҳам синовлар йили бўлганлигини таъкидлади. Андижонда 2005 йил 13 май кунида содир бўлган террористик ҳаракатлар айрим чет Эл матбуоти ва геосиёсий кучлари томонидан нотўғри талқин этилганлиги қораланди Эркинлик, универсал демократия шиори остида ички ишларга аралашишга уринишлар, маънавиятга нисбатан уюштирилаётган хуружлар авж олаётгани таъкидланди.

Барча мамлакатлар учун, уларга хос хусусиятларни ҳисобга олган ҳолда, бирдек мос келадиган яккаю ягона – универсал демократия модели йўқ ва бўлиши ҳам мумкин эмас. Биз танлаб олган йўл, деди Ислом Каримов, -“демократия ва эркинликнинг умумэътироф этилган асосий принципларига таянади. Айни пайтда, мамлакатимизнинг тарихий, миллий ва диний хусусиятларига ва халқимизнинг дунёқарашига асосланади”22.



14 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т, 1998 йил., 7 бет.

15 Каримов И. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т, 1999 йил., 17 бет.

16 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси-халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т., 2000 йил, 18-19 бет.

17 Миллий истиқлол \ояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т., 2000 йил, 8 бет.

18 Каримов И. А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. Т., 1999 йил, 6 бет.

19 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т., 1999 йил., 17-18 бетлар.

20  Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т., 1998йил., 18 бет.

21 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси-халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т., 2000 йил., 24 бет.

22 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т., 1999 йил., 18 бет.