“1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”


2023-yil 1-dekabr kuni

Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografik xizmati tomonidan “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tayyorlandi. Ko‘rgazmada sog‘lom turmush tarzi, giyohvandlikning zarari, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) xastaligi, shaxsiy va ommaviy profilaktika choralariga oid kitoblar namoyish etildi. Korgazmaning bibliografik sharhi Toshkent davlat madaniyat institutining Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabalari uchun otkazib berildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi