1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

31.05.2021 yil Mirzo Ulug'bek tumani Axborot-kutubxona markazi 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan "Baxtli bolalik" nomli tuman hokimligi, "Barkamol avlod" maktabi, "Lashkarbegi " MFY bilan birgalikda tadbir o'tkazdi.

Tadbir doirasida o'quvchilarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida "Yozda o'qiymiz! Biz bilan birga o`qiymiz!" aksiyasi o'tkazildi.

Ushbu aksiya dasturida "Yozda o'qiymiz! Biz bilan birga o'qiymiz!" tanlovi boshlandi, shuningdek, adabiy viktorinalar, intellektual o'yinlar, "Sevimli adabiy qahramon" rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Aksiyada 70 dan ortiq bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Источник: 
Информационно-библиотечный центр