12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni

Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni arafasida Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi, Rus madaniyat markazi va Ichki ishlar vazirligi maktabi hamkorligida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda – harbiy va sanoat aviatsiyasi faxriylari ishtirok etib, ular Ichki ishlar vazirligi maktabi kursantlariga qutlov so‘zi bilan chiqishdi.

 O‘zbekistonning kosmik sohani rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissalari, koinotni tadqiq etish insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich va fazoviy tadqiq haqida so‘z yuritildi. 

"III Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani AKM tomonidan “12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni” ko‘rgazmasi namoyish etildi, unda koinot fani yutuqlariga bag‘ishlangan kitoblar hamda jahonning eng mashhur fantastlari asarlari namoyish etildi. 

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi