12 aprel - kosmik tadqiqotlar asoschisi K.E.Siolkovskiy xotirasiga

2022-yil 12-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi O'zbekistondagi Rossiya madaniyat markazi bilan birgalikda Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida kosmik tadqiqotlar asoschisi K.E.Siolkovskiy xotirasiga gul qo‘yish aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir doirasida Insonning koinotga birinchi parvoziga bag‘ishlangan yoshlar bilan uchrashuv ham tashkil etildi.

TAKM mutaxassisi G.A. Jestovskix tomonidan qiziqarli ma'lumotlarga boy  taqdimot va "Kosmosning kengligida" mavzusida viktorina o'tkazildi.

Tadbir bayram konserti bilan yakunlandi. Tadbirda Rossiyaning Ozbekistondagi elchixonasi, Rossiyaning  Ozbekistondagi hamkorlik tashkiloti  vakillari hamda faxriylar, uchuvchi ofitserlar ishtirok etdi.

Ushbu tadbir yoshlar uchun mazmunli va saboqlarga boy bo'ldi.

Источник: 
Информационно-библиотечный центр