o‘z
RU
DE
15-may — Butunjahon oila kuni
Joriy yilning 15-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “15-may — Butunjahon oila kuni” munosabati bilan “Baxtli oila — baxtli kelajak” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada oila qadriyatlari, farzand tarbiyasi, milliy an’analar hamda sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishga bag‘ishlangan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi.
Ushbu kitob ko‘rgazmasiga qiziqqan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMga taklif etamiz.

Источник:
Информационно- библиотечный центр
