2023 yil 25 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi 211-maktabda “A dan Ya gacha - butun katta olamni kitob mamlakati ochadi” shiori ostida o‘tkazilgan “Hayr Alifbo” festivalida ishtirok etdi.

Tadbirda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun qiziqarli kitob ko'rgazmasi tayyorlandi. Ko'rgazmada o'quv adabiyotlari, bolalar ensiklopediyalari va yangi yil ertaklari joy oldi. O`quvchilar qishki ta'tilda, oilaviy o'qish uchun TAKM mutaxassislari tomonidan qiziqarli adabiyotlar bilan tanishtirildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр