2024-yil 5-yanvar kuni Ulug`bek TAKM mutaxassislari “Fan va ta’lim” loyihasi doirasida yosh kitobxonlar bilan birgalikda “Aloqa” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrifni “O‘tmishdan kelajakka” deb nomladik. Muzeyda barcha tarixiy eksponatlar ishlamoqda, bizga A.Popovning tarixiy apparati ishi namoyish etildi. Kitobxonlarimiz ilgari stansiyalarda telefon operatorlari tomonidan ulangan telefonlar orqali gaplasha olishdi. Pochta aloqalari tarixi bilan tanishdik. Fanograf, grammofon, radio ovozini tingladik, turli tarixiy vositalar: vinil plastinalar, kassetalardagi yozuvlarni tingladik. Biz zamonaviy aloqa vositalari bilan tanishib, Toshkent televideniyaning vatani ekanligiga amin bo‘ldik. Shuningdek, O‘zbekiston tadqiqot uchun Venerada tuproq olib chiqqan sun’iy yo‘ldoshlarni yaratishda ishtirok etganini bilib oldik.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр