“30 aprel – O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum”

19.04.2023yil Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida “Lashkarbegi” MFY bilan hamkorlikda “30 aprel – O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

TIQXMMI o‘qituvchisi, professor Abdurashid Sultonovich Altiyev “O‘zbekiston Respublikasi qonunining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirish haqida” ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, keng jamoatchilik takliflari asosida Asosiy qonunimizni takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, yangilangan Konstitutsiya ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalq davlatchiligi asoslarini yaratishga, xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. 
Aholining huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlash, inson sha’ni va qadr-qimmatini yuksaltirish hayotning barcha jabhalarini liberallashtirishning muhim omiliga aylanadi, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni ochadi.Yakunida “Lashkarbegi” MFY raisi N.A.Karimova so‘zga chiqdi. Xususan, fuqarolik pozitsiyasi, Vatan oldidagi burch va majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashishning namoyoni sifatida 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda ovoz berishda ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi