o‘z
RU
DE
“75 yillik ijodiy yoʻl: soʻz va tafakkur uygʻunligi”
Joriy yilning 8-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan taniqli yozuvchi, adabiyotshunos va jamoat arbobi Xurshid Doʻstmuhammad tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “75 yillik ijodiy yoʻl: soʻz va tafakkur uygʻunligi” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada adibning sermazmun badiiy asarlari, tarjima ishlari hamda uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy manbalar namoyish etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy adabiyotimizning yetuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Xurshid Doʻstmuhammad ijodi bilan tanishtirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.
Ushbu kitob koʻrgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
